
"Men prezidentga hech narsada bosh tortmayman. Men darhol "yo'q" demadim. Menga jurnalistlardan qo'ng'iroqlar bo'ldi, lekin men hurmatsizlik qilmoqchi emasdim va prezidentning o'zlari bu haqda gapirmaguncha hech narsaga izoh bermoqchi emasdim", – dedi dunyoning eng kuchli ligasi rahbari jurnalistlarga.
SHundan so'ng Tramp uning taklifi dastlab hazil bo'lganini, ko'pchilik esa jiddiy qabul qilganini takrorladi.
"Bizda matbuot bilan munosabatlarda juda omadsiz kun bo'ldi va negadir uning ismi yodimga tushdi. Biz anchadan beri do'stmiz. Men: "O'ylaymanki, Dana Uaytni yangi matbuot kotibim etib tayinlayman", dedim. Men buni bir guruh jurnalistlarga aytdim va shu bilan tugadi.
Men hazillashgandim, lekin ular buni men juda jiddiy aytgandek yozishdi. Natijada, ham Dana, ham men qo'ng'iroqlar va savollar bilan ko'mildik. U baribir bu erga kelmoqchi edi, shuning uchun biz biroz ko'ngil ochishga qaror qildik va uni taklif etdik. U bu ishda ajoyib ishlagan bo'lardi", – dedi Tramp.
SHundan so'ng AQSH Prezidenti Uaytdan o'z taklifiga javob berishni talab qildi, ochiqchasiga hazilni davom ettirdi.
"Taklifingiz uchun rahmat, janob prezident. Lekin men siyosat bilan shug'ullanish istagida emasman", – deb javob berdi UFC prezidenti.
Bunga javoban Tramp rad javobidan "ezilganini" aytib, matbuot anjumanini yakunladi.

CHimaev RAF turnirida sobiq UFC chempioniga qarshi kurashadi, Kovington safdan chiqdi