SportUz.Tv

UFC 334 to'liq kardi tasdiqlandi: Siril Gan – Josh Xokit, Kayla Xarrison – Amanda Nunes

13.11.2026 09:36    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan 15 noyabr tongida Nyu-Yorkdagi afsonaviy "Medison Skver Garden" arenasida kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan raqamlangan UFC 334 turniri bo'lib o'tadi.


Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda divizion chempioni franciyalik Siril Gan amerikalik davogar Josh Xokitga qarshi oktagonga ko'tariladi. Gann UFC Freedom 250 turnirida braziliyalik Aleks Pereyrani mag'lub etganidan so'ng ushbu kamarning to'laqonli egasiga aylangandi. 

Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ayollar UFC engil vazn toifasi chempioni Kayla Xarrison hamda ushbu kamarning sobiq sohibasi braziliyalik Amanda Nunes o'rtasida kechadi. Aslida ushbu jang shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan UFC 324 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo o'shanda Xarrison umurtqa pog'onasidagi churrak sabab safdan chiqqandi. 


UFC 334 turnirining to'liq kardi

Og'ir vazn: Siril Gan (chempion) – Josh Xokit

Ayollar engil vazn: Kayla Xarrison (chempion) – Amanda Nunes

O'rta vazn: Kayo Borralo (# 5) – Yusri Belgarui

Yarim o'rta vazn: Urosh Medich (# 12) – Kevin Xolland (# 15)

O'ta engil vazn: Bilal Xasan – Luis Gurule

Yarim o'rta vazn: Stiven Tompson – CHarli Radtke

Engil vazn: Dryu Dober – Kris Dankan

Engil vazn: Jim Miller – Terrens Makkinni

O'rta vazn: Donte Jonson – Sezar Almeyda

Engil vazn: Jared Gordon – Melkizael Kosta

Ayollar engil vazn: Meysi CHiasson (# 9) – Bia Meskita (# 11)

Eng engil vazn: Alaten Xeyli – Xuan Dias

Engil vazn: Evan Elder – Samuel Sanches




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: