SportUz.Tv

Nurmagomedovning menejeri MMA jamoatchiligidan uzr so'radi

13.11.2026 17:54    


Rasmni yuklab olish

Usman Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Azizning fikricha, mijozining Merab Dvalishvili bilan mushtlashuv uyushtirish qarorini hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi.


Ali rossiyalik jangchining Abu-Dabida sodir bo'lgan hodisa oldidagi xatti-harakati uchun MMA jamoatchiligi va Amirlik aholisidan chin yurakdan uzr so'raydi.

"Men chin yurakdan afsusdaman. Sodir bo'lgan voqea haqiqiy sharmandalik. Umid qilamanki, bu yosh yigitlar bo'lib o'tgan voqeadan yaxshi saboq olishadi. Bunday holat boshqa hech qachon takrorlanmasligi kerak. Barcha yigitlarimiz yaxshi namuna ko'rsatishi lozim.

Men bir necha kundan beri uxlamay, vaziyatni to'g'rilashga harakat qilyapman. Menimcha, buni tuzatishga qodir bo'lgan so'zlar yo'q. Men Abu-Dabi aholisi va BAA rahbariyatiga bunday holat boshqa hech qachon takrorlanmasligiga kafolat beraman.

Biz musulmon o'laroq yaxshi inson va sportchi sifatida harakat qilishimiz kerak. Sodir bo'lgan voqea mutlaqo qabul qilib bo'lmaydi va hech qachon takrorlanmasligi kerak", – dedi Abdel-Aziz MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.

SHu bilan birga, Ali Usmanning harakatlarini gruziyalik jangchining avgust oyida Tbilisidagi RAF turniri ortida dog'istonlik kurashchi Ahmad Gajimagomedovga qo'l ko'targanini oqlamaydi.

"Bir xato boshqasini oqlamaydi. Men bu erda o'tirib, kim nima qildi yoki qilmadi deb muhokama qilmayman. Bu yigitlar yosh va ularning qanchalik noto'g'ri ish tutganini tariflashga so'zlarim yo'q. Ikkala tomon ham xato qilgan deb hisoblayman va bir xato boshqasini oqlamaydi. Bu hammaga yaxshi saboq bo'ladi.

Merab bir necha hafta oldin shu erda edi. Hammasi joyida edi, u Xabibning zalida shug'ullandi. O'ylaymanki, inson sifatida yaxshilanishimiz kerak. Bu xatodan saboq olishimiz lozim. Men aybdorlarni ko'rsatmayman. Bu Abu-Dabi aholisi va shaharning o'ziga nisbatan juda hurmatsizlik edi.

Biz yaxshiroq bo'lishimiz va o'zimizni munosibroq tutishimiz kerak. Bu vaziyatni boshqacha hal qilish mumkin edi, lekin sportchilarning emocional ekanligini tushunaman. Biroq bu bahona emas. Hech qanday bahona yo'q. Sodir bo'lgan voqeani tuzatish uchun hech narsa ayta olmayman", – deya qo'shimcha qildi menejer.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: