
ASA 119 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida rossiyalik Artyom Frolov hamda braziliyalik Vendres Karlos da Silva o'rtasida o'tkazildi. Jang ikkinchi raundda yakunlandi. Raqibining chap qo'lda bergan kuchli zarbasini o'tkazib yuborgan Silva Frolovga qarshilik ham ko'rsata olmay qoldi. Bu vaziyatda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Takidlash joiz, Artyom o'tgan yilning dekabr oyida Magomedrasul Gasanovga yutqazib qo'ygandi. Kechagi g'alabasidan so'ng Frolov darhol promoushen rahbarlaridan chempionlik jangi berishlarini so'radi. ASA promoushenining navbatdagi turniri 26 mart kuni Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi. Bo'lajak oqshomning markaziy jangida Felipe Froes va Magomedrasul Xasbulaev oktagonda o'zaro to'qnash kelishadi.

"U eng munosibi". UFC jangchisi kim Islam Maxachev bilan kamar uchun jang qilishi kerakligini aytdi
"U jang qiyin bo'lishini biladi". Arman Carukyan Iliya Topuriya undan qo'rqishini aytdi