SportUz.Tv

Jahon chempioni Xilberto Ramires Benavides bilan jangi uchun o'zbekistonlik bokschilar bilan tayyorlanmoqda (FOTO)

14.03.2026 17:21    


Rasmni yuklab olish

2 may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida yirik prof boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Oqshom doirasida birinchi og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni, meksikalik 34 yoshli Xilberto Ramires yarim og'ir vaznda WBC kamari sohibi bo'lib turgan 29 yashar amerikalik Devid Benavidesga qarshi ringga ko'tariladi.

Jang Ramiresga tegishli WBO kamari uchun o'tkaziladi.

Ahamiyatlisi, Xilberto mazkur jang uchun o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari — Jahongir Zokirov va Rahmatullo Boymatov bilan mashg'ulot olib borayotgani malum bo'ldi. Avvalroq, Zokirov va Boymatov UFC rahbari Dana Uayt boshchiligidagi Zuffa Boxing Ligasiga qo'shilishi haqida xabar bergan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: