
Kecha doirasida og'ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga ukrainalik Ivan Yuxta raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Sanjar professional boksdagi beshinchi jangida ringga ko'tarilib, barchasida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs taxminan 22:15 dan so'ng boshlanadi.
Fyuri o'z cho'qqisidagi Usik va Mayk Tayson o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi
Xamzat CHimaev va Bogdan Guskov ishtirokidagi UFC 328 turnirining asosiy kardi tasdiqlandi