SportUz.Tv

"Real Madrid" 20 yoshli futbolchi uchun 100 million berishga tayyor

19.02.2026 12:42    


Rasmni yuklab olish

PSJ vingeri Dezire Due "Real" diqqat markazida.

Madridning "Real"i PSJ azosi Dezire Duega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub yosh futbolchini sotib olish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. "Real" transfer uchun 100 million evro to'lashga tayyor. Bu haqda El Nasional xabar bermoqda.

Madridliklar Duega Parij klubida olganidan ko'ra ko'proq o'yin vaqti taklif qilishi mumkin. Dezire Due 2024 yilda "Renn"dan PSJga 50 million evroga o'tgan. Futbolchi shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda forvard parijliklar safida barcha turnirlarda 23 ta o'yin o'tkazib, 8 gol urgan va 5 golli uzatma bergan.

Transfermarkt portali o'yinchi narxini 90 million evro deb baholamoqda.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: