
Britaniyalik bokschi 9 may kuni WBO kamari uchun o'zaro jang o'tkazadigan Fabio Uordli va Daniel Dyubua juftligi g'olibi bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Mahmudov Uordli yoki Dyubua kabi xavfli. G'olib bilan jang men uchun qiziqarli bo'lardi", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi BoxNation.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri so'nggi bor 2024 yilning dekabrida ringga ko'tarilgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Aleksandr Usikka imkoniyatni boy bergandi. Uning hisobida 34 g'alaba (24 nokaut), 2 mag'lubiyat va 1 durang bor.
Arslanbek Mahmudov esa so'nggi jangini 2025 yilning oktyabr oyida o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan Devid Allenni mag'lub etgandi. Uning hisobida 20 ta g'alaba (19 ta nokaut) va ikkita mag'lubiyat bor.
