SportUz.Tv

Maxachev SHavkat Rahmonovning diviziondagi kelajagini baholadi

19.02.2026 23:24    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev tizzasidan olgan navbatdagi jarohati tufayli yil oxirigacha safdan chiqqan SHavkat Rahmonov haqida gapirdi.

Rossiyalik chempion qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasining avvalgi darajasiga qayta olishiga ishonchi komil emas.

"SHavkatda hozir jarohatlarning qora chizig'i ketmoqda va menimcha, bu sportchi bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yomon holat. Bunday jarohatlar va operaciyalardan keyin organizm hech qachon yuz foiz tiklanmaydi. Ammo uning hali vaqti bor - tuzalib, sog'ayib qaytib keladi. SHunday ekan, ko'ramiz. Boshqa hech narsa ayta olmayman", - dedi Maxachev. 

O'tgan oy oxirida tizzasidan olgan jarohati sabab 2025 yilni o'tkazib yuborgan SHavkat Rahmonovning yana operaciya qilingani malum bo'lgandi. SHundan so'ng mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Rahmonov tashkilotning yarim o'rta vazn toifasi reytingidan chiqarildi. Bungacha u ikkinchi o'rinni egallab turgan va kamar uchun potencial davogarlardan biri edi.

Malumot uchun, "Nomad" so'nggi jangii 2024 yilning dekabr oyida o'tkazgandi. O'shanda u davogarlar jangida irlandiyalik Yen Machado Gerrini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu Gerrining professional faoliyatidagi ilk mag'lubiyati bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: