
"Marsel" yangi bosh murabbiyi Xabib Beye bo'ldi. Senegallik murabbiyning oldingi ish joyi "Renn" bo'lib, u joriy oy boshida ushbu lavozimni tark etgandi.
Habib Beye futbolchi sifatida 2003 yildan 2007 yilgacha "Marsel" safida to'p tepgan. U "oq-ko'klar" rulida o'tgan hafta istefoga chiqqan Roberto De Zerbini almashtiradi.
"Marsel" 22 turdan keyin 40 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Juma kuni jamoa chempionat doirasida safarda "Brest"ga qarshi o'ynaydi.
