SportUz.Tv

Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" yirik hisobda zafar quchdi, SHomurodovda 1+1, Fayzullaev ham zaxiradan tushib gol urdi (VIDEO)

10.05.2026 00:12    


Rasmni yuklab olish

Turkiya Superligasi 33-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Samsunspor" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida o'yinni o'zbekistonlik hujumchi Eldor SHomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz 6-daqiqada penaltidan to'p kiritdi va 43-daqiqada assist qayd etdi. SHomurodov bahsda to'liq harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa 70-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va oradan 8 daqiqa o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.

“Istanbul Bashakshexir” Turkiya chempionatida 33 o'yindan so'ng 54 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: