
Hamyurtimiz 23 may kuni Misrda angliyalik Jek Ketterolga qarshi chempionlik jangini o'tkazib, ochkolar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchragan edi.
"Jangni hamma ko'rdi. Biz biror narsani xohlaymiz, maqsad qo'yamiz, lekin baribir Allohning aytgani bo'ladi. Bu faoliyatimdagi birinchi mag'lubiyat bo'ldi. Men qo'limdan kelganicha mehnat qildim, harakat qildim. Demak, shunday bo'lishi kerak ekan. Mening sinovim shunday ekan. Barcha qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Biz kuchli bo'lib qaytamiz. To'xtamaymiz. Bergan vadamdan qaytmayman, baribir etishaman In SHa Alloh", dedi G'iyosov.