
Mamlakatda Ebola virusi tarqalgani sababli AQSH hukumati delegaciyaning barcha vakillarini 21 kunlik izolyaciyada bo'lishini rasman talab qilib qo'ygan. Faqatgina ushbu holatdan keyingina termaning JCHda ishtirok etishi kafolatlanadi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. O'tgan hafta Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti DR Kongo hududida "Bundibudjio" turidagi Ebola virusi tarqalishi xavfi "juda yuqori" ekani haqida ogohlantirdi. Mavjud malumotlarga ko'ra, mamlakatda 1000 dan ortiq gumonli kasallanish holati va 246 ta ehtimoliy o'lim qayd etilgan.
Kongo DR hukumati malum qilishicha, mamlakat futbol federaciyasi (FECOFA) shu hafta FIFA bilan muzokaralar o'tkazgan, shundan so'ng delegaciya to'liq tibbiy va sanitariya protokollariga moslashtirilgan. Jumladan, Kinshasadagi yig'inni bekor qilish va jamoa tayyorgarligini mamlakat tashqarisiga ko'chirish haqida qaror qabul qilingan.
Terma jamoa futbolchilarining katta qismi Evropa klublarida to'p surayotgani virus bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa xavfini kamaytirmoqda. SHu bilan birga, oy boshida Kinshasani tark etgan jamoa xodimlari AQSHga jo'nab ketishdan oldin Amerika sanitariya talablariga muvofiq kamida 21 kun Evropada bo'lishadi.
Bundan tashqari, hukumat chempionat o'yinlari uchun chipta sotib olgan muxlislar vaziyatidan xavotir bildirgan. Ular AQSH vizasini olishda mamuriy cheklovlar sabab qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Rasmiylarga ko'ra, mablag'ni qaytarish masalasi bo'yicha FIFA bilan muzokaralar olib borilmoqda.
52 yildan so'ng ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadigan DR Kongo terma jamoasi Xyuston shahrida joylashadi. Guruh bosqichida jamoa 17 iyun kuni Portugaliya, 23 iyun kuni Kolumbiya va 27 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Murodjon Ahmadalievning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to'rtinchi raundda yakunlandi