
Musobaqaning asosiy bahsi kubalik sobiq jahon chempioni Robeysi Ramires va Tojikiston vakili Asror Vohidov o'rtasida kechishi kerak edi.
Yarim engil vazn toifasida WBC Eurasia kamari uchun o'tkazilishi mo'ljallangan mazkur bellashuv bekor qilindi.
Boxer TV nashrining malum qilishicha, jang bekor qilinishiga Ramiresdagi tibbiy muammolar sabab bo'lgan.
35 yoshli Robeysi prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgandi.
Murodjon Ahmadalievning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to'rtinchi raundda yakunlandi