SportUz.Tv

Lazizbek Mullojonov ishtirokidagi jang uchinchi raunddayoq to'xtatildi

29.05.2026 21:39    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida professional boks oqshomi davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangi havaskor boksda yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi, o'zbekistonlik Lazizbek Mullojonov va Venesuela vakili Luis Xose Marin Garsiya o'rtasida kechdi.

Og'ir vazn toifasidagi WBC Eurasia kamari uchun o'tkazilgan bellashuvda Mullojonov muddatidan avval zafar quchdi. Hakam jangning uchinchi raundi davom etayotgan bir pallada raqib hisobida ogohlantirishlar ko'paygani tufayli bellashuvni to'xtatdi va bu holatda Lazizbek g'olib deb topildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: