
Vakillarimiz 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv o'tkaziladigan shahar va o'yinning boshlanish vaqti haqida keyinroq qo'shimcha malumot beriladi. Koreyaliklar, shuningdek, 2 oktyabr kuni Venesuela bilan ham kuch sinashadi. Bu haqida KFA matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun, bu yildan etiboran sentyabr va oktyabr oylaridagi fifa kunlari birlashdi. Bu terma jamoalarga futbolchilarni uzoq masofalarga ko'p qatnatmasdan, 16 kunlik yagona yig'in davomida ketma-ket 4 ta o'yin o'tkazishini taminlaydi.