
Turnir asosiy jangida hamyurtimiz Bogdan Guskov rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash kelib, imkoniyatni boy berdi.
Co main event'da esa Ramazon Temirov Avstraliya vakili, titul uchun sobiq davogar Stiv Erceg bilan jang qildi va birinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi.
Malum bo'lishicha, ushbu janglar orqali Bogdan Guskov 381 ming AQSH dollari, Ramazon Temirov esa 136 ming dollar ishlab olgan. Temirov gonorardan tashqari, UFC'ning 100 ming dollarlik mukofot puliga ham ega chiqdi.
UFC Abu-Dabi turniri ishtirokchilarining gonorarlari:
Magomed Ankalaev — 591 ming (AQSH dollari)
Bogdan Guskov — 381 ming
Santyago Ponzinibbio — 271 ming
Dastin Jeykobi — 266 ming
Valter Uoker — 178 ming
Ramazon Temirov — 136 ming
Rizvan Kuniev — 136 ming
Tayrell Forchun — 118 ming
Stiv Erseg — 91 ming
Mayk Devis — 81 ming
Nurullo Aliev — 54 500
Muhammad Saidov — 53 ming
Magomed Zaynukov — 28 ming
Magomed Tuchalov — 28 ming
Abubakar Vagaev — 28 ming
Saygid Izagaxmaev — 18 ming
Damian Rjepeski — 16 ming.
G'alabadan keyin Ramazon Temirovga UFC yulduzlari obuna bo'lishdi. Ular qaysi jangchilar edi?