
"UFC'dagi birinchi g'alabamdan keyin matchmeykerlar meni chempion qilish rejasi borligini aytishgandi. Bir yillik tanaffusdan keyin ham ettinchi raqamli Amir Albazini berishdi. Lekin u jarohat tufayli jang qilishni istamadi. Undan keyin Stiv Ercegni berishdi. Jangdan oldin ham, keyin ham asosiy matchmeyker Xanter bilan gaplashganimizda, UFC'ga qaytganimdan xursandligini aytishdi", deya o'z fikrini bildirdi Temirov.