SportUz.Tv

Lionel Messi "Inter Mayami"dagi faoliyatini nomalum muddatga to'xtatdi

11.08.2026 10:24    


Rasmni yuklab olish

Argentinalik hujumchi Lionel Messi otasining vafotidan so'ng yaqinlari bilan vaqt o'tkazish uchun professional majburiyatlarini vaqtincha tark etishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchi hozircha vatanida qoladi, uning AQSHga qaytish sanasi esa nomalum, deb xabar beradi DobleAmarilla.

Xorxe Messining o'limi futbolchini juda larzaga keltirdi va u "Inter Mayami"dagi ishtirokini to'xtatib, qo'shimcha ogohlantirishgacha AQSHga qaytmaslikka qaror qildi. Otasining o'limi haqidagi xabarni olgach, Messi AQSHdagi ishlarini bo'lib, oilasi yonida bo'lish uchun Argentinaga jo'nab ketgan edi.

Avvalroq Xorxe Messi Rosario shahridagi klinikalardan birida 68 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. U uzoq vaqt davomida xastalik bilan kurashgan, ammo aynan qaysi kasallik ekaniga aniqlik kiritilmagan. Lionel otasi bilan tez-tez telefonda gaplashib turgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: