SportUz.Tv

Usman Nurmagomedovning menejeri Maks Xolloueydan uzr so'radi

11.08.2026 13:09    


Rasmni yuklab olish

Nurmagomedovlarning menejeri Ali Abdel-Aziz mag'lubiyatsiz Umarning UFC engil vazn divizioni etakchilari bilan potencial to'qnashuvlari prognozida Maks Xolloueyni tilga olganidan afsusda.

Avvalroq murabbiy Nurmagomedov to'rtinchi raundda Maksni nokautga uchratishini aytgan, amerikalik esa bunga javoban Abdel-Aziz janglardan bexabarligini aytgan edi.

"To'g'risini aytsam, haddimdan oshib ketdim. Maks - afsona va men uni juda hurmat qilaman. Aytgan gapimni gapirmasligim kerak edi. Men nohaq edim va chin dildan uzr so'rayman", - deb yozdi Ali.

O'tgan oy oxirida Usman Nurmagomedov tashkilot bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangida amerikalik Archi Kolganni birinchi raundda nokautga uchratib, engil vazn toifasida PFL chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Katta ehtimol bilan 28 yoshli Usman faoliyatini UFC`da davom ettiradi. 

Maks Xollouey esa bir oy oldin Konor MakGregor ustidan qozongandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: