SportUz.Tv

Daniel Korme nima uchun Jonsni mag'lub eta olmaganini aytib berdi

11.08.2026 12:36    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme nima uchun UFC shon-shuhrat zali azosi, vatandoshi Jon Jonsga mag'lub bo'lganini ochiqladi.

"Bu aynan biz juda uzoq vaqt davomida puxta tayyorgarlik ko'rgan jang edi. Men o'shanda anglagan muhim bir narsa bor: bu yigit hech qachon bir joyda to'xtab qolmaydi va doimo rivojlanishda davom etadi. Uning tahliliy aqli har soniyada ishlaydi va u doimo g'alaba qozonishning yangi yo'llarini izlaydi. Bazida katta muvaffaqiyat ortida juda ko'p qulaylik yashiringan bo'ladi, shuning uchun ham u meni mag'lub eta oldi, u juda katta mehnat qildi va bu jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi", - dedi Korme ALF Global YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Jons va Korme UFC bayrog'i ostida ikki marta to'qnash kelishgan. Birinchi jangda Jons hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi, ikkinchisida esa Jons texnik nokaut evaziga zafar quchdi. Ammo keyinchalik Jonsning doping testi ijobiy bo'lgani uchun jang natijasi atletika komissiyasi tomonidan bekor qilingan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: