SportUz.Tv

"Surxon" Behruz Karimovning transferidan qancha pul ishlab topdi?

11.08.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

Termizning "Surxon" klubi himoyachi Behruz Karimovni SHveycariyaning "Lugano" klubiga transfer qildi.

Narzulla Saydullaev malumotiga ko'ra, "Lugano" ushbu transfer uchun "Surxon"ga 250 ming evro to'laydi. "Surxon" tayyorgarlik kompensaciyasi uchun yana taxminan 200 ming evro oladi. Bundan tashqari, Termiz klubi Karimovning keyingi sotuvining 10 foiziga ega chiqadi. Yani, Behruz "Lugano"dan boshqa klubga aytaylik 10 million evroga sotilsa "Surxon" hisob-raqamiga yana 1 million evro tushadi.

Yosh futbolchiga qo'rqmasdan imkon bergan "Surxon" murabbiylari Fevzi Davletov, Stanislav Kudryashovning ham mehnati mana shunday paytlarda bilinmoqda. Birgina futbolchini Evropaga transfer qilish orqali klub bir necha yillar davomida uning ortidan pul ishlab topishi mumkinligi yana bir marta o'z isbotini topmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: