SportUz.Tv

Konte APLga qaytmoqchi - u o'z nomzodini "Manchester Yunayted"ga taklif qildi

12.11.2026 12:24    


Rasmni yuklab olish

Italiyalik murabbiy Antonio Konte Angliyaning "Manchester Yunayted" klubida ishlash istagini bildirmoqda.

Italiyalik mutaxassis mankunianliklar rahbariyatiga o'z nomzodini taklif qilish uchun allaqachon aniq qadamlarni tashlagan.

“Foot Mercato” nashrining xabar berishicha, 57 yoshli murabbiy mashhur isroillik futbol agenti Pini Zaxaviga yordam so'rab murojaat qilgan. Agar klub hozirgi bosh murabbiy Maykl Karrik bilan xayrlashishga qaror qilsa, Konte “qizil iblislar” boshqaruvini qo'lga olishga umid qilmoqda.

Avvalroq Evropa matbuotida “Manchester Yunayted” xo'jayinlari jamoaning joriy natijalari va o'yindagi inqirozdan o'ta norozi ekani haqida bir necha bor malumotlar tarqalgan edi. Jamoaning Angliya chempionatidagi g'alabasiz seriyasi sakkizta o'yinga etgan bo'lib, Karrikni istefoga chiqarish masalasi klub rahbariyatining Monakoda bo'lib o'tadigan navbatdan tashqari yig'ilishidagi asosiy mavzuga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Antonio Konte joriy yilning iyun oyida “Napoli”ni tark etganidan buyon ishsiz yuribdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: