SportUz.Tv

Madrimovning vaznidagi sobiq chempionning keyingi jangi sanasi, manzili va raqibi elon qilindi

12.11.2026 11:36    


Rasmni yuklab olish

RCC promouterlik kompaniyasi Baxram Murtazalievning 12 dekabr kuni Ekaterinburgda o'tadigan boks kechasidagi raqibini elon qildi.

Super yarim o'rta vaznda sobiq jahon chempioni venesuelalik Xoan Gonsales bilan kuch sinashadi. Gonsales professional faoliyatida 36 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat qayd etgan, g'alabalarining 34 tasiga nokaut bilan erishgan.

Murtazaliev 33 yoshda. U professional boksdagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. 2024 yilda super yarim o'rta vaznda — 69,9 kg gacha bo'lgan toifada jahon chempioniga aylangan va shundan keyin bir marta titulini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mazkur vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq chempion Isroil Madrimov ham faoliyat yuritadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: