SportUz.Tv

Maxachev Usman Nurmagomedovning kechagi qilmishiga munosabatini bildirdi + FOTO

12.11.2026 10:33    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev PFL engil vaznda (70 kg gacha) mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amaldagi chempion Usman Nurmagomedovning UFC sobiq chempioni Merab Dvalishviliga hujumiga izoh berdi.

"Hozirda Usman va yigitlarni qoralayotgan, ularga haqoratlar yozayotganlarga gapim.

Nega Merab hech qanday sababsiz dog'istonlik kurashchini urib, uning shaniga tekkanida jim turdingiz? Yigit unga yomon niyatsiz gaplashish uchun yaqinlashgan edi. Bugun bo'lib o'tgan voqeani Merab o'z vatanida boshladi, mehmonni urishga va hatto onasini haqorat qilishgacha bordi", — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Malumot uchun, gruziyalik aralash yakkakurash ustasi shu yil 10 iyul kuni vatani Tbilisi shahrida o'tgan RAF turniri paytida dog'istonlik Ahmed Gadjimagomedovga tarsaki tushirgandi. Usman kecha o'sha tarsaki uchun javob berdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: