SportUz.Tv

Los-Anjeles-2028: O'zbekiston ayollar terma jamoasining Olimpiada saralashidagi raqiblari malum

12.11.2026 14:30    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 12 noyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2028 yilgi Olimpiada o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha Osiyo mintaqasi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi. Hamyurtlarimiz Olimpiada yo'llanmasi uchun Yaponiya, Avstraliya va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi kur­ash olib boradi.

4.jpg

Saralash bosqichi 2027 yilning 19 aprel kuni bashlanib, 4 dekabrga qadar davom etadi. Guruhdagi har bir terma jamoa 6 tadan o'yin o'tkazadi. SHundan 3 tasi o'z maydonida, qolgan 3 tasi esa safarda tashkil etiladi.

Reglamentga ko'ra, har ikki guruh g'olibi Los-Anjeles—2028 Olimpiada o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar esa 2028 yilning 28 fevral va 4 mart kunlari pley-off bosqichida o'zaro bell­ashadi. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi Argentina terma jamoasiga qarshi qitalararo saralash o'yinida ishtirok etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: