SportUz.Tv

Futbolchi hakamga tosh otgani uchun 8 yilga diskvalifikaciya qilindi

20.11.2026 19:30    


Rasmni yuklab olish

"Syudad-de-Yantsasa" himoyachisi Jon Perlasa mamlakat chempionatining uchinchi divizioni doirasidagi o'yin vaqtida hakamga tosh otgani uchun 8 yilga diskvalifikaciya qilindi.

Bu haqda Ekvador futbol federaciyasi (FEF) matbuot xizmati.

Hodisa 17 oktyabr kuni "Syudad-de-Yantsasa" va "Rio-Aguariko" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv paytida yuz bergan. Perlasa otgan tosh bosh hakam yordamchisining yuziga tekkan. Jabrlanuvchiga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo'lgani sababli o'yin muddatidan oldin to'xtatilgan. Federaciya malumotlariga ko'ra, hakamga jarrohlik aralashuvi zarur bo'lgan. Uning tiklanish va reabilitaciya muddati 60 kungacha cho'zilishi mumkin.

Tartib-intizom qo'mitasi futbolchini uchrashuv rasmiy shaxsiga nisbatan jismoniy tajovuz qilishda aybdor deb topdi va uni 2034 yilning 19 oktyabriga qadar futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatdi.

"Syudad-de-Yantsasa" klubi esa 2 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi va hakamning davolanishi uchun 4,3 ming dollar to'lab berish majburiyatini oldi. Bundan tashqari, jamoa yaqin 3 ta uy uchrashuvini o'z stadionida o'tkaza olmaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: