SportUz.Tv

Iliya Topuriyaga UFC'da vazn toifasini o'zgartirish taklif qilindi

20.11.2026 17:06    


Rasmni yuklab olish

UFC sharhlovchisi Jo Rogan sobiq chempion Iliya Topuriya (17–1) yana yarim engil vazn toifasiga qaytishi kerak, deb hisoblaydi.

"Texnika borasida u barchadan bir bosh ustun edi. Uning qanchalik zaxira bilan harakat qilishiga, zarbalaridagi kuchga, o'ziga bo'lgan ishonch va intizomiga etibor bering. Bu yigit jangga tayyorgarlik ko'rish jarayonida har bir jihatni mukammallashtiradi.

SHunchaki, u hali bunday shiddatli jangga duch kelmagan edi. Avvalo, Getji undan gavdali, bu farq sezilarli. Jastin hatto engil vazn uchun ham yirik jangchi, Iliya esa unday emas. Bu ham o'z tasirini o'tkazdi.

Ehtimol, u yana yarim engil vaznda jang qilishi kerakdir. U erda Iliya haqiqiy yirtqichga aylanadi. Engil vaznda esa ayrim jangchilarga bir qarang. Vazn farqi atigi 10 funtdek (4,5 kg) ko'rinadi, ammo bu yigitlar hayotida hech qachon 145 funt (65,8 kg) vaznga tusha olmaydi. Ular 155 funtga (70,3 kg) ham zo'rg'a vazn tashlashadi, chunki juda gavdali. Yarim engil vazn Iliya uchun ancha mos keladi. Uning qanday holatda qaytishi va bu mag'lubiyatdan keyin o'zini qanday tiklashini ko'rish men uchun qiziq", — dedi Rogan The Joe Rogan Experience podkastida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: