SportUz.Tv

Baxodir Jalolov Deontey Uaylderga raqib sifatida taklif qilindi

20.11.2026 16:18    


Rasmni yuklab olish

Amerikaning Boxingnews24.com sayti o'zbekistonlik bokschi Baxodir Jalolovni sobiq jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylderga raqib sifatida taklif qildi.

Uaylder va Jey Opetaya o'rtasidagi jang 11 dekabr kuni Kardiff shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq avstraliyalik bokschi qo'lidan olgan jarohati sabab jangdan voz kechdi. Boxingnews24 nashri Jalolov ushbu to'qnashuvda Opetayaning o'rnini munosib egallashi mumkin, deb hisoblamoqda.

"32 yoshli Jalolovning yutuqlari va jismoniy ko'rsatkichlari shundayki, uning jangga qisqa muddat qolganda raqib sifatida qo'shilishi ham muxlislar etiboriga loyiq. Superog'ir vaznda ikki karra Olimpiya chempioni 2008 yilgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi Uaylder bilan to'qnash kelishi - bunday qarama-qarshilik xalqaro translyaciya uchun o'z-o'zidan jozibador va suniy ravishda avj oldiriladigan so'z o'yinlariga ehtiyoj sezmaydi.

Eng muhimi, Jalolov hoziroq jang qilishga tayyor. U 17 oktyabr kuni Londonning The O2 arenasida Solomon Dakresni o'n raundlik jang yakunlariga ko'ra, hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi. U hozir yaxshi sport formasida, jarohati yo'q hamda IBF va WBO reytinglarida to'rtinchi, WBC reytingida esa o'ninchi o'rinni egallab turibdi.

Opetaya kabi Jalolov ham chapaqay bokschi (18–0, 15 nokaut). Ammo 200 funt (90,7 kg) vazn limitiga ega birinchi og'ir vazn toifasidan yuqoriga ko'tarilayotgan bokschi o'rniga Uaylder qarshisida bo'yi 201 santimetr bo'lgan, tabiiy superog'ir vazn vakili va haqiqatan ham kuchli zarbaga ega raqib paydo bo'lardi.

Jalolov jangning tomoshabopligi borasidagi savollarga ham javob bera oladi. Uning Buyuk Britaniyada Dakres va Agron Smakichiga qarshi o'tkazgan so'nggi janglaridagi chiqishlari biroz tanqid qilindi. U xotirjam suratda boks tushib, birinchi navbatda o'z xavfsizligini o'yladi. CHunki raqiblarining hech biri unga jiddiy muammo tug'dirish uchun etarli zarba kuchiga ega emasdi.

Uaylderga qarshi esa bunday xotirjamlikni darhol unutishga to'g'ri keladi. 41 yoshida ham amerikalik bokschi shunday kuchli o'ng qo'l zarbasiga egaki, bu raqibni har bir raundning har bir soniyasida hushyor turishga majbur qiladi. Jalolov xatolaridan biri uni ringga yiqitishi mumkinligini bilgan holda faqat jeb bilan masofani nazorat qilib, xotirjam harakatlana olmaydi. Uaylder esa masofani nazorat qilishni biladigan, texnik jihatdan kuchli va gavdali raqibga qarshi dastlabki raundlarni osonlikcha boy berishi mumkin emas", — deyiladi maqolada.

Eslatib o'tamiz, Baxodir Jalolov so'nggi jangini 17 oktyabr kuni Londonda o'tkazgan edi. Unda o'zbekistonlik bokschi britaniyalik Solomon Dakresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan.





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: