SportUz.Tv

"Manchester Yunayted" Pochettinoni taklif qilish uchun qancha to'lagani malum bo'ldi

21.11.2026 09:42    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy lavozimiga taklif etish uchun 7,584 million funt sterling (taxminan 9 million evro) to'ladi, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Ingliz klubi AQSH terma jamoasini boshqargan mutaxassisning shartnomasini sotib olish uchun ushbu summadan voz kechdi.

Pochettino avvalroq Angliyaning "Sautgempton", "Tottenxem" va "CHelsi" klublarida ishlagan, AQSH terma jamoasi bilan esa 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finaliga qadar etib borgan.

"Manchester Yunayted" joriy mavsumning dastlabki 10 ta o'yinida atigi bitta g'alaba qozongan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida sakkiz ochko mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: