
Hamyurtimiz12 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Alpomish" muz saroyida tashkil etiladigan Mangu 7 turnirida ishtirok etadi.
Unga o'sha kuni portugaliyalik Renjel de Sa raqiblik qiladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Renjel uchun Mangu Ligasi begona emas. U to'rtinchi turnirning markaziy jangida yurtdoshimiz Xotambek Boynazarovga qarshi bahs olib borib, mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida 21 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. Renjel de Sa hisobida esa 16 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
