SportUz.Tv

Aljameyn Sterling Volkanovski bilan jang qilib, ikki vazn toifasida chempion bo'lmoqchi

21.11.2026 14:12    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Aljameyn Sterling argentinalik Kevin Valexosga qarshi bo'lajak jangda g'alaba qozongan taqdirda, yarim engil vazndagi amaldagi chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang qilmoqchi.

Ularning to'qnashuvi 21 noyabr kuni Doha shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 294 turniri doirasida tashkil etiladi.

"Biz Aleks bilan bir xil fikrlaymiz. Ikkimiz ham raqiblarni ularning xizmatlari va erishgan natijalariga qarab tanlab, jang qilishni istaymiz. Men esa ikki vazn toifasida chempion bo'lishni xohlayman. Bu imkoniyatga erishishimga yordam beradigan jangchilar bilan oktagonga chiqishga tayyorman.

Kevin bilan jang ham aynan shunday imkoniyatlardan biri bo'lib chiqdi. Ammo Volkanovski — o'zi xohlagan ishni qila oladigan inson", — dedi Sterling jurnalistlar bilan suhbatda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: