SportUz.Tv

O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogining barcha ishtirokchilari malum bo'ldi

21.11.2026 12:06    


Rasmni yuklab olish

2027 yilda O'zbekistonda o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogining saralash bosqichi yakunlandi.

Osiyo futbol konfederaciyasi musobaqaning final bosqichida ishtirok etadigan 16 ta terma jamoaning to'liq ro'yxatini elon qildi.

Qatarda o'tkazilayotgan U-17 jahon chempionatida qita sharafini himoya qilayotgan to'qqizta terma jamoa Osiyo kubogi yo'llanmasini avtomatik tarzda qo'lga kiritgan bo'lsa, qolgan ettita jamoa saralash bosqichida o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi.

U-17 Osiyo kubogi-2027 ishtirokchilari:

To'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olganlar: O'zbekiston, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Vetnam.

Saralash bosqichi orqali yo'llanma olganlar: Indoneziya, Iroq, Suriya, Eron, Hindiston, Yaman va Livan.

Etiborlisi, Qirg'iziston terma jamoasi saralash bosqichining so'nggi turida Mo'g'ulistonni 2:1 hisobida mag'lub etganiga qaramay, to'plar nisbati bo'yicha Yamanga imkoniyatni boy berdi. Suriya esa xuddi shu ko'rsatkich bo'yicha BAAni ortda qoldirdi.

Malumot uchun, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichi 2027 yilning 13–29 may kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: