SportUz.Tv

OCHL. "Al-Ittihod"ning malilik legioneri "Paxtakor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

21.11.2026 16:30    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi yarim himoyachisi Mamadu Dumbiya Osiyo CHempionlar ligasi Elit bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Saudiya Arabistonining "Arriyadiyah" nashri xabar berishicha, 22 yoshli malilik futbolchi jarohatdan tiklanish jarayonining so'nggi bosqichiga o'tgan. Uning jamoaviy mashg'ulotlarga to'laqonli qaytishi uchun yana taxminan olti hafta kerak bo'ladi.

Dumbiya o'tgan mavsumning mart oyida Saudiya Arabistoni kubogi yarim finali doirasida "Al-Xolud"ga qarshi kechgan uchrashuvda tizzasining xochsimon payi uzilishi oqibatida safdan chiqqan edi.

Malilik futbolchi 2025 yilning yozida Belgiyaning "Antverpen" klubidan "Al-Ittihod"ga o'tgan. U Jidda klubi safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Malumot uchun, "Al-Ittihod" Osiyo CHempionlar ligasining joriy mavsumida to'rtta uchrashuvda 4 ochko jamg'argan holda G'arb mintaqasi turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.

"Al-Ittihod" – "Paxtakor" uchrashuvi 23 noyabr kuni Jidda shahridagi "Al-Inmo" stadionida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: