
Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o'z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Mikael Sekeyra vataniga ketish oldidan jamoa azolarini bir joyga yig'ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.
O'z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy shaniga iliq fikrlar aytib, yakuniga etayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. "Lokomotiv" PFK Mikael Sekeyraga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.








Dana Uayt: "U og'ir vazn chempioni bo'lsa, barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylanadi"
Uchta vaznda sobiq jahon chempioni bo'lgan bokschi Murodjon Ahmadalievga jang taklif qildi