SportUz.Tv

"Katta jang ustida ishlayapmiz" - Inoue promouteri navbatdagi jangga ishora qildi

24.06.2026 18:18    


Rasmni yuklab olish

Ikkinchi engil vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening promouteri Xideyuki Oxashi mijozi uchun yirik jang tayyorlanayotganini malum qildi.

Avvalroq Inouening (33-0) navbatdagi raqibi WBA yo'nalishi bo'yicha engil vazn jahon chempioni, amerikalik Jessi Rodriges bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Hozir dekabr oyidagi jang ustida ishlayapmiz. Keyin esa kelasi yil fevral oyida katta jang bo'ladi. O'ylaymanki, gap qaysi to'qnashuv haqida ketayotganini o'zingiz ham tushunib turibsiz. Bu jang bo'yicha ishlar allaqachon boshlangan. Undan keyin yana bir jangni g'ayrioddiy joyda o'tkazamiz", — dedi Oxashi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: