SportUz.Tv

Yen Machado Gerri Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi

25.06.2026 12:18    


Rasmni yuklab olish

Irlandiyalik rasman Islam Maxachevning navbatdagi raqibi dee elon qilinganidan bir hafta o'tib, britaniyalik promouter Eddi Xirn boshchiligidagi Matchroom Talent Agency agentligi bilan shartnoma imzoladi.

"Tabriklayman, Matchroom Talent Agency, siz "kelajak" uchun shartnoma imzoladingiz! Jamoamiz yanada kengayganini elon qilishdan mamnunman. Tijorat manfaatlarimni himoya qiladigan Matchroom Talent Agency’ga qo'shilaman", - deb yozdi irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Faqat eng yaxshilari! Oilamizga xush kelibsan, Yen Gerri!", – deyiladi agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Avvalroq, UFC`ning og'ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni Tom Aspinall Matchroom Talent Agency bilan agentlik shartnomasini imzolagan edi. SHundan so'ng Eddi Xirn uning mijozini tashkilot bilan shartnomadan ozod qilishni talab qildi, shuningdek, britaniyalikning amaldagi shartnoma shartlari asosida jang qilishiga ruxsat bermasligini aytdi.

Islam Maxachev 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida Yen Machado Gerriga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: