
“Biz bugun eng yaxshi o'yinimizi namoyish eta olmadik, ammo g'alabaga loyiq edik. Natija biz uchun muhim edi. SHu ruhda davom etishiga umidvorman.
Yosh futbolchilar bizning faxrimiz. Ular ishqibozlar istagi uchunmas, balki shu joyda to'p tepishga loyiqligi uchun tarkibga kiritilishgan.
Pedri, Moriba, Mingueza, Arauxo kabi futbolchilar klubning kelajagi. Madrid derbisi? Birinchi navbatda o'zimizning natijamiz muhim. Albatta, derbidagi natija ham bizga qiziq. Har qanday hisob bizning foydamizga hal bo'ladi” deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Kuman.
Paulo Kosta Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi va UFC`dan ozod etishini talab qildi
Getji deyarli uch oydan so'ng Oq uydagi turnirda Topuriyani qanday mag'lub etganini tushuntirdi