SportUz.Tv

Mahmud Muradov Roman Dolidzedan uchralgan mag'lubiyatni izohladi (VIDEO)

21.09.2026 12:33    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov so'nggi jangidagi mag'lubiyati haqida gapirdi.

"Pragaga etib keldik, hammasi yaxshi. Jarohatlar yo'q, yana mashg'ulotlarni boshlaymiz. Bir narsani aytmoqchiman, ha biz yutqazdik. Lekin men greppler emasman. Yaxshi gonorarli taklif bo'ldi yaxshi raqibga qarshi. Biz qabul qildik. Yana shunday taklif bo'lsa, bu safar ham qabul qilaman. CHunki bu sport. Greppling mening sport turim emas. Men birinchi marta greppling tushdim. Agar shunday gonorar bersa, istalgan raqibga qarshi chiqaman", deydi Muradov.

Eslatib o'tamiz, Muradov 19 sentyabr kuni HYPE Georgia turnirida gruziyalik UFC vakili Roman Dolidzega qarshi greppling qoidalari asosida jang o'tkazib, muddatidan avval imkoniyatni boy bergandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: