
Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman hokimligi hamda “Etak” mahallasi hamkorligida 18-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Jami 24 ta jamoa qatnashgan mazkur musobaqada ishtirokchilar katta taasurotlarga ega bo'ldilar.

“Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida” Koson tumanida turli yoshdagi yoshlar o'rtasida futbol muosbaqasi tashkil etilmoqda. Bu kabi musobaqalar yoshlarning sog'lom turmush tarziga amal qilishlariga, ularni sog'lomlashtirishga hizmat qiladi", - deydi musobaqa tashkilotchilaridan biri Nurbek Saidnabiev.

G'olib va sovrindorlar:
1-o'rin 1998-yillarda tug'ilgan yoshlar jamoasi
2-o'rin 1999-yillarda tug'ilgan yoshlar jamoasi
3-o'rin 1995-yillarda tug'ilgan yoshlar jamoasi

Musobaqa so'nggida g'olib-sovrindor bo'lgan jamoalar va musobaqaning o'tkazilishida faol ishtirok etgan masullar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.






Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryodagi muxbiri
Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi