
"Menimcha, sovrin kimga topshirilishi borasida hech qanday shubha yo'q. Benzema mavsumni ajoyib o'tkazgani, CHempionlar ligasida g'alaba qozongani, turnirning barcha pley-off o'yinlarida asosiy vazifani bajargani bilan bunga loyiq ekanligini isbotladi.
O'ylaymanki, joriy yil uning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga hech qanday shubha yo'q", - dedi parijliklar forvardi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 17 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Nomzodlar 12 avgust kuni elon qilinadi.
"SHunday deyishdi". Arman Carukyan UFC kamari uchun navbatdagi davogar bo'lishini aytdi