SportUz.Tv

Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi keyingi jangini Xitoyda o'tkazishi mumkin

14.03.2026 08:39    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda Oktogonuz nashri xabar berdi.

Yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini 30 may kuni Xitoyning Makao administracion hududida o'tkazishi mumkin.

Hozircha bu malumot tashkilot yoki sportchi tomonidan tasdiqlanganicha yo'q.

UFC Macau turnirining markaziy jangi xitoylik Song Yadong va Braziliya vakili Deyvison Figeyredo o'rtasida bo'lib o'tadi.

Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev faoliyati davomida hozirgacha 47 ta jang o'tkazib, 36 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: