
Uchrashuvda hisob 2-taym o'rtalariga yaqin Karim Benzema tomonidan penaltidan tepilgan aniq zarbadan keyin ochildi. Ikkinchi bo'limda esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Marko Asensio Xesus Valexoning uzatmasini golga aylantirdi va uchrashuv 2:0 hisobida Karlo Anchelotti shogirdlarining g'alabasi bilan tugadi.
“Qaymoqranglilar” mavsumoldi oxirgi o'yinini 10 avgustda “Ayntraxt”ga qarshi o'tkazadi. “Yuve” esa 7 avgustda “Atletiko” bilan kuch sinashadi.
"Real Madrid" Ispaniya – "Yuventus" Italiya 2:0 (1:0, 1:0)
"Rouz Boul"
Gollar: 1:0 – 19, penalti Benzema, 2:0 – 69 Asensio.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 63), Alaba (Valexo, 64), Militao (Ryudiger, 46), Mendi (Vaskes, 64), Modrich (Tchuameni, 64), Kroos (Sebalos, 64), Kazemiro (Kamavinga, 64), Valverde (Asensio, 64), Benzema (Rodrigo, 64), Vinisius Junior (Azar, 63).
"Yuventus" – Perin (Pinsolo, 70), Danilo (Da Graka, 76), Bonuchchi (Gatti, 64), Bremer (Rugani, 70), Aleks Sandro (Pellegrini, 70), Lokatelli (Kadrig, 76), Zakariya, Fajoli (Rovella, 64), Di Mariya (Kuadrado, 46), Kin (Barberi, 76), Vlaxovich (Ake, 64; Soule, 70).
Ogohlantirishlar: Asensio (83).

Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida