
Musobaqada ishtirok etishi belgilangan yarim og'ir vaznli rossiyalik charm qo'lqop ustasi Denis Savickiyning raqibi o'zgardi. Endi u o'zbekistonlik Islombek Mo'minov bilan to'qnash keladi. Hamyurtimiz turnirda eronlik Sajad Mexrabining o'rnini egallaydi.
Denis Savickiy faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. 32 yoshli Islombek Mo'minov hisobida esa 15 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 2 ta durang mavjud.

Kolbi Kovingtonning keyingi jangi ham RAF Ligasida bo'lib o'tadi, raqib malum (POSTER)