
Jons Oq uyda o'tkaziladigan turnirda ishtirok etmasligi sabab promoushen rahbariyati bilan mojaro markazida qolgan edi.
"Kecha bu voqealar qanday rivojlanayotganini kuzatish juda qiziq bo'ldi. Aytadigan gaplarim bor, ammo hozircha shunday deyman: Jonni, agar o'zingni ozod qila olsang, menga xabar ber. Sen sport uchun qilgan barcha ishlaringdan keyin 30 million dollardan ortiq gonorarga loyiqsan va ular sen uchun QIZIL gilam yoyishlari kerak", — deb yozdi Ngannu.
