SportUz.Tv

"Barselona" Silvani 2023 yilda xarid qilishni rejalashtirmoqda

18.08.2022 16:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva kelasi yili "Barselona" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Kataloniyaliklar ayni damda "shaharliklar" so'rayotgan 100 million evroni to'lay olishmaydi.

"Barsa" 2023 yilning yozgi transfer oynasida 28 yoshli futbolchini xarid qilishga yana urinib ko'radi.

Bernardu o'tgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida 50ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi. Xavbekning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: