SportUz.Tv

Konte "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirmaydi

31.10.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte klub bilan yangi shartnomani muhokama qilishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o'tamiz, amaldagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi. Ingliz manbalari "shporlar" rahbariyati va italiyalik o'rtasidagi muzokaralar Jahon chempionati vaqtida boshlanishini davo qilishdi, ammo nufuzli insayder Devid Ornshteyn bu malumotni rad etdi. 

Uning so'zlariga ko'ra, tomonlar o'rtasida yaqin orada kelishuvga erishish ehtimoli nihoyatda past va mutaxassisning bitimi oxir-oqibat uzaytirilgan taqdirda ham bu mavsum oxirida sodir bo'ladi.

Antonio Konte "Tottenxem"ni o'tgan yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, 53 yoshli mutaxassisning "Yuventus"ga qaytish ehtimoli yo'q emas.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: