SportUz.Tv

Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradimi? Murabbiyning o'zi javob berdi

20.12.2022 13:23    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

"Kelajakda meni nima kutib turganini bilmayman. Ayni damda Madridda baxtliman, oldimizda ko'plab vazifalar bor. "Real" bilan shartnomam 2024 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Agar meni haydab yuborishmasa, bu erdan ketmoqchi emasman" - deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 chorak finalida xorvatiyaliklarga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan Braziliya terma jamoasi Tite bilan xayrlashgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: