SportUz.Tv

Superkompyuter jahon chempionatidan so'ng APL chempionini bashorat qildi

26.12.2022 00:46    


Rasmni yuklab olish

Ayni damda APLda "Arsenal" peshqadamlik qilmoqda, ammo superkompyuter ularni chempionlikka munosib deb topmadi.

Garchi hozirda Londonning "Arsenal" klubi asosiy taqibchisidan 5 ochko oldinda borayotgan bo'lsa-da, superkompyuter "Manchester Siti"ning ketma-ket uchinchi marta APL chempion bo'lishini taxmin qildi. 

"Kanonirlar" esa mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlashi kutilmoqda. Kuchli uchlikka Yurgen Klopp qo'l ostidagi "Liverpul" lozim deb topilgan bo'lsa, "Tottenxem" 4-pog'onada turnirni yakunlashi ko'rsatilgan. 

5-10 o'rinlar esa quyidagicha taqsimlangan:

5. "Nyukasl"

6. "Manchester Yunayted"

7. "CHelsi"

8. "Brayton"

9. "Kristal Pelas"

10. "Aston Villa"

APL turnir jadvali



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: