SportUz.Tv

"Al Nassr" Ronaldu nomi tushirilgan barcha liboslarni bir soat ichida sotib bo'ldi

03.01.2023 13:23    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistonida hujumchi Krishtianu Ronaldu nomi keltirilgan "Al Nassr" futbolkalari juda ommalashdi.

Malum qilinishicha, bunday futbolkalarning butun to'plami bir soat ichida sotib bo'lingan. Portugaliyalikning Saudiya Arabistoni klubi futbolchisi sifatidagi taqdimot marosimiga 30 ming muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlardan biridagi "Al Nassr"ning ingliz tilidagi sahifasi ham ommalashdi: uning obunachilari keskin oshib ketdi. Klubning arabcha akkaunti ham katta o'sishga erishishda davom etmoqda.

Avvalroq Ronalduning taqdimot marosimiga chiqarilgan chiptalar narxi malum bo'lib, barcha pullar xayriyaga sarflanishi elon qilingan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: